Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Sen: «Allohga hamd bo`lsin va U tanlab olgan bandalariga salom bo`lsin. Alloh yaxshimi yoki ular shirk keltirayotgan narsalarmi?» degin. (59)
Tafsir
Ey Paygʻambar, ayting: "Bergan nematlari uchun Allohga hamd boʻlsin. Paygʻambar alayhissalomning sahobalariga esa Lut va Solih alayhissalomlarning qavmlariga tushgan azobdan omonlik boʻlsin. Hamma yaxshiliklar Qoʻlida boʻlgan chin mabud Alloh yaxshimi yoki qoʻlidan biron foyda ham, zarar ham kelmaydigan mushriklarning soxta xudolarimi?"
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: