Sura An-Naml (Chumolilar — النمل) (Oyat 60)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




27 An-Naml(النمل), Oyat 60

أَمَّنْ خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ وَأَنْزَلَ لَكُمْ مِنَ السَّمَاءِ مَاءً فَأَنْبَتْنَا بِهِ حَدَائِقَ ذَاتَ بَهْجَةٍ مَا كَانَ لَكُمْ أَنْ تُنْبِتُوا شَجَرَهَا ۗ أَإِلَٰهٌ مَعَ اللَّهِ ۚ بَلْ هُمْ قَوْمٌ يَعْدِلُونَ 60 ٦٠

Yoki osmonlaru yerni yaratgan, sizlarga osmondan suv tushirgan Zotmi? Bas, Biz u(suv) bilan go`zal bog`lar o`stirdik. Siz o`zingiz uning daraxtini o`stira olmas edingiz. Alloh bilan birga boshqa iloh bormi?! Yo`q, ular o`zlari tenglashtiradigan qavmdirlar. (60)

Tafsir
Yoki osmonlaru yerni yoʻqdan bor qilgan va sizlarga osmondan yomgʻir yogʻdirgan Zotmi? Bas, Biz u bilan goʻzal bogʻlarni oʻstirdik. Uning daraxtini oʻstirish qoʻlingizdan kelmas edi. Uni Alloh oʻstirdi. Bu ishlarni Alloh bilan birga yana biron iloh qilganmi?! Yoʻq, ular haq yoʻldan ozib, xoliqni maxluqqa tenglashtiradigan qavm boʻlib qolganlar!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin