Sura An-Naml (Chumolilar — النمل) (Oyat 61)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




27 An-Naml(النمل), Oyat 61

أَمَّنْ جَعَلَ الْأَرْضَ قَرَارًا وَجَعَلَ خِلَالَهَا أَنْهَارًا وَجَعَلَ لَهَا رَوَاسِيَ وَجَعَلَ بَيْنَ الْبَحْرَيْنِ حَاجِزًا ۗ أَإِلَٰهٌ مَعَ اللَّهِ ۚ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْلَمُونَ 61 ٦١

Yoki yerni qarorgoh etgan, uning uzra anhorlar qilgan, unga tog`lar qilgan va ikki dengiz o`rtasida to`siq qilgan Zotmi?! Alloh bilan birga boshqa iloh bormi?! Yo`q, ularning ko`plari bilmaslar. (61)

Tafsir
Yoki zaminni qimirlamaydigan barqaror aylab, uning orasida daryolar paydo qilgan va uni tutib turadigan ponalar-togʻlar barpo etgan hamda ikki dengiz oʻrtasida shoʻr suv bilan chuchuk suv aralashib ketmasligi uchun ularni ajratib turadigan toʻsiq oʻrnatib qoʻygan Zotmi?! Alloh bilan birga yana biron iloh bormi?! Yoʻq, ularning koʻplari bilmaydilar!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin