Sura An-Naml (Chumolilar — النمل) (Oyat 63)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




27 An-Naml(النمل), Oyat 63

أَمَّنْ يَهْدِيكُمْ فِي ظُلُمَاتِ الْبَرِّ وَالْبَحْرِ وَمَنْ يُرْسِلُ الرِّيَاحَ بُشْرًا بَيْنَ يَدَيْ رَحْمَتِهِ ۗ أَإِلَٰهٌ مَعَ اللَّهِ ۚ تَعَالَى اللَّهُ عَمَّا يُشْرِكُونَ 63 ٦٣

Yoki sizlarni quruqlik va dengiz zulmatlarida to`g`ri yo`lga soladigan hamda O`z rahmati oldidan shamollarni xushxabar qilib yuboradigan Zotmi?! Alloh bilan birga boshqa iloh bormi?! Alloh ular shirk keltirayotgan narsalardan oliydir. (63)

Tafsir
Yoki quruqligu dengiz zulmatlarida yulduzlar va boshqa belgilar orqali sizlarni toʻgʻri yoʻlga yoʻllab qoʻyadigan hamda bandalariga rahmat boʻlib yogʻayotgan yomgʻir oldidan shamollarni xushxabar qilib yuboradigan Zotmi?! Bu ishni Alloh bilan birga boshqa biron iloh qilganmi?! Alloh Oʻziga maxluqotlaridan biri sherik qilinishidan Oliydir, Pokdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin