Sura An-Naml (Chumolilar — النمل) (Oyat 88)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




27 An-Naml(النمل), Oyat 88

وَتَرَى الْجِبَالَ تَحْسَبُهَا جَامِدَةً وَهِيَ تَمُرُّ مَرَّ السَّحَابِ ۚ صُنْعَ اللَّهِ الَّذِي أَتْقَنَ كُلَّ شَيْءٍ ۚ إِنَّهُ خَبِيرٌ بِمَا تَفْعَلُونَ 88 ٨٨

Tog`larni ko`rib, qimirlamay turibdi deb hisoblaysan. Holbuki, ular bulutning o`tishidek o`turlar. Bu har bir narsani puxta qiladigan Allohning san'atidir. Albatta, U nima qilayotganingizdan xabardordir. (88)

Tafsir
U kunda togʻlarni koʻrib, tek qotib turibdi, deb oʻylaysiz. Aslida esa ular ham xuddi bulutlardek yurayotgan boʻladilar. Bu Allohning sanatidir. Ularni harakatga keltirayotgan Allohdir. U Zot sizlar qilayotgan hamma ishlardan Xabardordir. Biron narsa U Zotdan yashirin qola olmas. Yaqinda ammallaringizga yarasha jazo yoki mukofotingizni berur.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin