Sura Al-Qasas (Qissalar — القصص) (Oyat 18)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




28 Al-Qasas(القصص), Oyat 18

فَأَصْبَحَ فِي الْمَدِينَةِ خَائِفًا يَتَرَقَّبُ فَإِذَا الَّذِي اسْتَنْصَرَهُ بِالْأَمْسِ يَسْتَصْرِخُهُ ۚ قَالَ لَهُ مُوسَىٰ إِنَّكَ لَغَوِيٌّ مُبِينٌ 18 ١٨

Bas, u ertalab shaharda qo`rqqan holida, alanglab ketayotgan edi, birdan, kecha undan yordam so`ragan yana yordam so`rab qichqirib qoldi. Muso unga: «Albatta, sen ochiq-oydin gumrohsan», dedi. (18)

Tafsir
Boʻlar ish boʻlib, qibtiyni oʻldirib qoʻygani uchun shaharda qolishi xavfli boʻlib turgan bir paytda kechagina bir qibtiyga qarshi yordam soʻragan haligi odam bugun yana bir qibtiyga qarshi yordam soʻrab turibdi. Shunda Muso achchigʻlanib: "Sen oʻzi aniq adashgan, yoʻldan ozgan odam ekansan", dedi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin