Sura Al-Qasas (Qissalar — القصص) (Oyat 29)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




28 Al-Qasas(القصص), Oyat 29

فَلَمَّا قَضَىٰ مُوسَى الْأَجَلَ وَسَارَ بِأَهْلِهِ آنَسَ مِنْ جَانِبِ الطُّورِ نَارًا قَالَ لِأَهْلِهِ امْكُثُوا إِنِّي آنَسْتُ نَارًا لَعَلِّي آتِيكُمْ مِنْهَا بِخَبَرٍ أَوْ جَذْوَةٍ مِنَ النَّارِ لَعَلَّكُمْ تَصْطَلُونَ 29 ٢٩

Muso muddatni tugatib, ahli bilan yo`lga tushib ketayotib, Tur tomonda uzoqdan olovni ko`rib qoldi. U ahliga: «Turib turinglar, aniqki, men uzoqdan olovni ko`rdim. Balki, u yerdan sizga biror xabar yoki isinishingiz uchun bir tutam cho`g` olib kelarman», dedi. (29)

Tafsir
Muso oʻn yillik muddatni oʻtab, oilasi bilan Madyandan Misr sari yoʻlga tushgach, Tur tarafidan bir olovni koʻrib qoldi va oilasiga shunday dedi: "Shu yerda qimirlamay kutib turinglar. Men bir olovni koʻrdim. Shoyad, sizlarga undan bir xabar keltirsam yoki isinib olishingiz uchun olovdan bir tutam choʻgʻ olib kelsam".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin