Sura Al-Qasas (Qissalar — القصص) (Oyat 31)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




28 Al-Qasas(القصص), Oyat 31

وَأَنْ أَلْقِ عَصَاكَ ۖ فَلَمَّا رَآهَا تَهْتَزُّ كَأَنَّهَا جَانٌّ وَلَّىٰ مُدْبِرًا وَلَمْ يُعَقِّبْ ۚ يَا مُوسَىٰ أَقْبِلْ وَلَا تَخَفْ ۖ إِنَّكَ مِنَ الْآمِنِينَ 31 ٣١

Va asoingni tashla», deb nido qilindi. Qachonki uning katta ilon kabi qimirlayotganini ko`rgach, qaramasdan ortga qochdi. «Ey Muso, beri kel, qo`rqma, albatta, sen omonlikdagilardansan. (31)

Tafsir
"Asoingni tashla". Muso Parvardigorining amrini bajarib, uni tashladi. Keyin uning xuddi ilondek qimirlayotganini koʻrib, ortiga qaramay qochdi. Shunda Parvardigori unga nido qildi: "Ey Muso, kelaver, undan qoʻrqma, zero, sen har qanday xavfu xatardan omon boʻlguvchilardansan".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin