Sura Al-Qasas (Qissalar — القصص) (Oyat 38)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




28 Al-Qasas(القصص), Oyat 38

وَقَالَ فِرْعَوْنُ يَا أَيُّهَا الْمَلَأُ مَا عَلِمْتُ لَكُمْ مِنْ إِلَٰهٍ غَيْرِي فَأَوْقِدْ لِي يَا هَامَانُ عَلَى الطِّينِ فَاجْعَلْ لِي صَرْحًا لَعَلِّي أَطَّلِعُ إِلَىٰ إِلَٰهِ مُوسَىٰ وَإِنِّي لَأَظُنُّهُ مِنَ الْكَاذِبِينَ 38 ٣٨

Va Fir'avn: «Ey, a'yonlar, men sizlarga o`zimdan boshqa iloh borligini bilmasman. Bas, ey, Homon, loyga o`t yoqib, men uchun bir baland qasr qur, shoyadki (unga chiqib) Musoning ilohini ko`rsam. Albatta, men uni yolg`onchilardan deb o`ylamoqdaman», dedi. (38)

Tafsir
Firavn oʻzining ayonlariga qarata dedi: "Ey, ayonlar, men sizlarga oʻzimdan boshqa bir mabud borligini bilmaganman. Bas, ey Homon, loyga oʻt yoqib, uni pishit, gʻisht qil va men uchun bir baland qasr qur, shoyadki, unga chiqib, Musoning xudosini koʻrsam. Men Musoning oʻzini Alloh tarafidan yuborilgan paygʻambarman, degan davosi yolgʻon, deb oʻylamoqdaman".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin