Sura Al-Qasas (Qissalar — القصص) (Oyat 59)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




28 Al-Qasas(القصص), Oyat 59

وَمَا كَانَ رَبُّكَ مُهْلِكَ الْقُرَىٰ حَتَّىٰ يَبْعَثَ فِي أُمِّهَا رَسُولًا يَتْلُو عَلَيْهِمْ آيَاتِنَا ۚ وَمَا كُنَّا مُهْلِكِي الْقُرَىٰ إِلَّا وَأَهْلُهَا ظَالِمُونَ 59 ٥٩

Robbing shahar-qishloqlarni, to ular orasiga ularga oyatlarimizni tilovat qiladigan Payg`ambar yubormasdan turib, halok qiluvchi bo`lmagan. Biz shahar-qishloqlarni faqat ahli zolim bo`lgan holdagina halok qilguvchi bo`lganmiz. (59)

Tafsir
Ey Paygʻambar, Parvardigoringiz xuddi sizni barcha yurtlar markazi Makkaga yuborganidek, to barcha yurtlarning markazlariga Bizning oyatlarimizni ularga tilovat qiladigan bir paygʻambarni yubormagunicha halok qilguvchi boʻlmadi. Biz haq ustida turgan yurtlarni halok qilguvchi boʻlmadik. Biz faqat ularning aholisi kufr keltirib, gunohlar qilib, zolim boʻlgandagina halok qilguvchi boʻldik.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin