Sura Al-Qasas (Qissalar — القصص) (Oyat 76)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




28 Al-Qasas(القصص), Oyat 76

إِنَّ قَارُونَ كَانَ مِنْ قَوْمِ مُوسَىٰ فَبَغَىٰ عَلَيْهِمْ ۖ وَآتَيْنَاهُ مِنَ الْكُنُوزِ مَا إِنَّ مَفَاتِحَهُ لَتَنُوءُ بِالْعُصْبَةِ أُولِي الْقُوَّةِ إِذْ قَالَ لَهُ قَوْمُهُ لَا تَفْرَحْ ۖ إِنَّ اللَّهَ لَا يُحِبُّ الْفَرِحِينَ 76 ٧٦

Albatta, Qorun Muso qavmidan bo`lib, ularga takabburlik qildi. Biz unga kalitlari bir guruh quvvatlilarga ham og`irlik qiladigan xazinalarni bergan edik. O`shanda qavmi unga: «Hovliqma, albatta, Alloh hovliqqanlarni suymas. (76)

Tafsir
Qorun Muso alayhissalomning qavmidan edi. Bas, ularga mutakabbirlik qildi. Unga xazinalardan shu qadarini bergan edikki, uning kalitlarini koʻtarib yurish bir guruh baquvvat odamlarga ham ogʻirlik qilardi. Oʻshanda unga qavmi shunday degandi: "Hovliqma! Alloh hovliqmalarni yoqtirmaydi. Ulardan gʻazablanadi, va ularni azoblaydi".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin