Sura Qasas (Qissalar — القصص) (Oyat 78)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




28 Qasas(القصص), Oyat 78

قَالَ إِنَّمَا أُوتِيتُهُ عَلَىٰ عِلْمٍ عِنْدِي ۚ أَوَلَمْ يَعْلَمْ أَنَّ اللَّهَ قَدْ أَهْلَكَ مِنْ قَبْلِهِ مِنَ الْقُرُونِ مَنْ هُوَ أَشَدُّ مِنْهُ قُوَّةً وَأَكْثَرُ جَمْعًا ۚ وَلَا يُسْأَلُ عَنْ ذُنُوبِهِمُ الْمُجْرِمُونَ 78 ٧٨

U (Qorun): «Menga u faqat o`zimdagi ilm tufayligina berilgandir», dedi. Alloh undan oldingi asrlarda undan ko`ra quvvatliroq, undan ko`ra ko`proq (mol) to`plaganlarni(ham) albatta halok etganini u bilmasmidi?! Gunohkorlardan gunohlari haqida so`rab o`tirilmas. (78)

Tafsir
Qorun dedi: "Bu mol-davlatga oʻzimning ilmim va kuchim bilan erishdim. Shuning uchun ular meniki". Bilmasmiki, Alloh undan oldin ham undan koʻra kuchliroq va davlatmandroq avlodlarni halok etgan. Ularga kuchlari ham, mol-dunyolari ham asqotmagan. Qiyomat kuni gunohkorlardan gunohlari haqida soʻrab oʻtirilmaydi. Zero, Alloh hammasidan Xabardor. Soʻralganda ham tahqirlash, yerga urish manosida soʻraladi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin