Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Va seni ular senga tushirilgan Allohning oyatlaridan hargiz to`smasinlar. Robbingga da'vat qil. Aslo mushriklardan bo`lma. (87)
Tafsir
Allohning oyatlari sizga nozil qilinganidan keyin anavi mushriklar sizni ularni tilovat qilishdan va odamlarga yetkazishdan toʻsmasinlar. Odamlarni Allohga iymon keltirishga, U Zotni yagona chin mabud deb bilishga, U Zotning shariatiga amal qilishga davat eting. Allohdan boshqasiga ham ibodat qiladigan mushriklardan boʻlmang. Yolgʻiz Allohgagina ibodat qiladigan muvahhidlar safida boʻling.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: