Sura Al-Qasas (Qissalar — القصص) (Oyat 8)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




28 Al-Qasas(القصص), Oyat 8

فَالْتَقَطَهُ آلُ فِرْعَوْنَ لِيَكُونَ لَهُمْ عَدُوًّا وَحَزَنًا ۗ إِنَّ فِرْعَوْنَ وَهَامَانَ وَجُنُودَهُمَا كَانُوا خَاطِئِينَ 8 ٨

Bas, Fir'avn oilasi uni o`zlariga dushman va g`am-g`ussa bo`lishi uchun tutib oldilar. Albatta, Fir'avn, Homon va ikkovlarining askarlari xatokorlardan bo`lgan edilar. (8)

Tafsir
Onasi Biz ato etgan ilhom bilan uni (Musoni) sandiqqa solib, daryoga tashladi. Firavn xonadoni uni tutib oldilar. Bu ish Allohning irodasi yuz berishi uchun shunday boʻldi. Yani, kelajakda Muso Firavnga dushman boʻlishi va uning qoʻli bilan zolimning saltanati barbod etilishi kerak edi. Firavn, uning vaziri Homon va ularning odamlari kufru tugʻyonlari va yer yuzida buzgʻunchiliklar qilib yurganlari tufayli gunohkorlardan edilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin