Sura Al-Ankabut (O‘rgimchak — العنكبوت) (Oyat 18)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




29 Al-Ankabut(العنكبوت), Oyat 18

وَإِنْ تُكَذِّبُوا فَقَدْ كَذَّبَ أُمَمٌ مِنْ قَبْلِكُمْ ۖ وَمَا عَلَى الرَّسُولِ إِلَّا الْبَلَاغُ الْمُبِينُ 18 ١٨

Agar sizlar yolg`onchi qilsangiz, bas, sizdan oldingi ummatlar ham yolg`onchi qilganlar. Payg`ambar zimmasida ochiq-oydin yetkazishdan boshqa narsa yo`q», dedi. (18)

Tafsir
Ey mushriklar, Muhammad alayhissalom olib kelgan dinni yolgʻonga chiqaradigan boʻlsangizlar, sizlardan oldingi Nuh, Od, Samud qavmlari ham haqni tan olmay, yolgʻonga chiqarganlar. Paygʻambar zimmasida ochiq qilib yetkazib qoʻyish bor, xolos. U Parvardigori yetkazib qoʻyishni buyurgan risolatni sizlarga yetkazdi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin