Sura Al-Ankabut (O‘rgimchak — العنكبوت) (Oyat 25)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




29 Al-Ankabut(العنكبوت), Oyat 25

وَقَالَ إِنَّمَا اتَّخَذْتُمْ مِنْ دُونِ اللَّهِ أَوْثَانًا مَوَدَّةَ بَيْنِكُمْ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا ۖ ثُمَّ يَوْمَ الْقِيَامَةِ يَكْفُرُ بَعْضُكُمْ بِبَعْضٍ وَيَلْعَنُ بَعْضُكُمْ بَعْضًا وَمَأْوَاكُمُ النَّارُ وَمَا لَكُمْ مِنْ نَاصِرِينَ 25 ٢٥

U: «Sizlar, albatta, hayoti dunyodagi o`zaro do`stligingiz uchun Allohni qo`yib, butlarni tutdingiz. So`ngra, qiyomat kunida ba'zingiz ba'zingizga kufr keltirursiz va ba'zingiz ba'zingizni la'natlarsiz. Va joyingiz do`zaxdir. Hamda sizga nusrat berguvchilar bo`lmas. (25)

Tafsir
Ibrohim alayhissalom qavmiga shunday dedi: "Sizlar faqat shu dunyo hayotidagi oʻzaro doʻstligingizni koʻzlab, bir-biringizga yaqin boʻlish uchun Allohni qoʻyib, butlarga ibodat qilyapsizlar. Qiyomat kuniga borganda esa azobni koʻrib, bu doʻstligingiz barham topadi. Keyin biringiz biringizdan tonib, biringiz biringizni lanatlashga oʻtasizlar. Sizlarning borar joyingiz doʻzaxdir. U yerda sizlarni Allohning azobidan qutqarib oladigan biron yordamchi topilmaydi. Shu dunyoda sizlar ibodat qilib yurgan butlaringiz ham, boshqalar ham yordamga kelmaydi".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin