Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 106)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Yuzlar oq va yuzlar qora bo`ladigan kunda yuzlari qora bo`lganlarga: «Iymoningizdan keyin kofir bo`ldingizmi?! Kufr keltirgan bo`lganingiz uchun azobni tatib ko`ring», deyilur. (106)
Tafsir
Bu azobga Qiyomat kunida - iymon ahlining yuzlari baxt va shodlikdan yorishib turgan, kofirlarning yuzlari esa gʻam-gʻussadan qorayib ketgan paytda yoʻliqadilar. Oʻsha ulugʻ kunda yuzlari qorayib ketganlarga dashnom berilib: "Allohni bir deb bilish va Unga hech narsani, hech kimni shirk keltirmaslik haqidagi ahdu paymoningizga oldin iqror boʻlib, sodiq qolib turib, ortidan inkor qilasizlarmi, mana endi kofir boʻlganingiz tufayli Alloh sizga tayyorlab qoʻygan azob alamini tatingiz", deyiladi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: