Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 118)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ey, iymon keltirganlar! O`zingizdan boshqadan sirdosh tutmang. Ular sizga yomonlik qilishini qo`ymas. Mashaqqatda qolishingizni xohlar. Dushmanliklari og`izlaridagi(so`zlari)dan bilinib turibdi. Dillarida maxfiy turgani yana ham kattaroq. Agar aql yuritadigan bo`lsangiz, Biz sizlarga belgilarini bayon qildik. (118)
Tafsir
Ey Allohga iymon keltirgan va paygʻambariga ergashganlar, moʻminlardan boshqalarni doʻst tutmangiz. Ularga sir-asroringizni va oʻzingizga xos boʻlgan ishlaringizni aytasiz. Ular esa sizga zarar berish va sizni tang ahvolga solish yoʻlida hormay-tolmay jonbozlik koʻrsatadilar. Diningiz haqida nojoʻya gaplarni aytishlari, oraga sovuqchilik solishga urinishlari va sirlaringizni fosh etishlari bilan nafrat va adovatlarini tillarida sayrab turibdilar. Dillarida yashirayotgan nafratlari esa bundan-da ulkanroq. Ey moʻminlar, aqllaringizni ishlata olsangizlar, sizlarga dunyo va oxiratingizni isloh qiladigan aniq-ravshan hujjatlarni bayon qildik.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: