Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 126)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 126

وَمَا جَعَلَهُ اللَّهُ إِلَّا بُشْرَىٰ لَكُمْ وَلِتَطْمَئِنَّ قُلُوبُكُمْ بِهِ ۗ وَمَا النَّصْرُ إِلَّا مِنْ عِنْدِ اللَّهِ الْعَزِيزِ الْحَكِيمِ 126 ١٢٦

Alloh buni faqat sizga suyunchilik va qalbingiz taskin topishi uchungina qildi. Aslida, nusrat Aziyz va Hakiym Allohning huzuridandir. (126)

Tafsir
Alloh taoloning farishtalarni madad kuchi qilib yuborishi qalbingiz xotirjam boʻlishi uchun bir xushxabar edi. Aslida esa haqiqiy gʻalaba bunday zohiriy sabablardan emas, hech kim bas kelolmaydigan Qudratli va har bir taqdirini, shariatini hikmat bilan qiladigan Hakim Alloh tarafidan keladi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin