Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 136)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 136

أُولَٰئِكَ جَزَاؤُهُمْ مَغْفِرَةٌ مِنْ رَبِّهِمْ وَجَنَّاتٌ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا ۚ وَنِعْمَ أَجْرُ الْعَامِلِينَ 136 ١٣٦

Ana o`shalarning mukofotlari — Robbilaridan bo`lgan mag`firat va ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar bo`lib, ular unda abadiy qolurlar. Amal qiluvchilarning ajri qanday ham yaxshi! (136)

Tafsir
Mana shunday maqtovga loyiq sifatlarga va oliyjanob xislatlarga ega boʻlgan kishilarning savobi shuki, Alloh ularning gunohlarini yashiradi, kechiradi. Oxiratda esa ularga qasrlari ostidan anhorlar oʻtadigan jannatlar berilib, oʻsha yerlarda abadiy qoladilar. Allohga itoat qilganlarning ajru savobi naqadar yoqimli!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin