Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 145)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 145

وَمَا كَانَ لِنَفْسٍ أَنْ تَمُوتَ إِلَّا بِإِذْنِ اللَّهِ كِتَابًا مُؤَجَّلًا ۗ وَمَنْ يُرِدْ ثَوَابَ الدُّنْيَا نُؤْتِهِ مِنْهَا وَمَنْ يُرِدْ ثَوَابَ الْآخِرَةِ نُؤْتِهِ مِنْهَا ۚ وَسَنَجْزِي الشَّاكِرِينَ 145 ١٤٥

Hech bir jon Allohning iznisiz o`lmas. Bu, yozilgan ajaldir. Kim bu dunyoning savobini xohlasa, unga o`shandan berurmiz. Kim oxiratning savobini xohlasa, unga o`shandan berurmiz. Va shukr qiluvchilarni mukofotlarmiz. (145)

Tafsir
Har bir jon Allohning qazosi bilan Alloh yozib qoʻygan muddat-ajali kelganda oʻladi. Zarracha koʻp ham emas, oz ham emas. Kim qilayotgan ishidan shu dunyoning savobini istasa, unga oʻshanga yarasha beramiz. Oxiratda esa unga hech qanday nasiba boʻlmaydi. Kim Allohning oxiratda beradigan savobini istasa, unga oʻsha savobni beramiz. Parvardigoriga shukr qilguvchilarni buyuk mukofot ila munosib taqdirlaymiz.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin