Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 153)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 153

إِذْ تُصْعِدُونَ وَلَا تَلْوُونَ عَلَىٰ أَحَدٍ وَالرَّسُولُ يَدْعُوكُمْ فِي أُخْرَاكُمْ فَأَثَابَكُمْ غَمًّا بِغَمٍّ لِكَيْلَا تَحْزَنُوا عَلَىٰ مَا فَاتَكُمْ وَلَا مَا أَصَابَكُمْ ۗ وَاللَّهُ خَبِيرٌ بِمَا تَعْمَلُونَ 153 ١٥٣

Payg`ambar ortingizdan chaqirib tursa ham hech kimga qaramay tirqirab qochganingizni eslang. O`tgan narsaga va yetgan musiybatga xafa bo`lmasligingiz uchun sizga g`am ustiga g`am berdi. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardor Zotdir. (153)

Tafsir
Ey moʻminlar, eslangiz! Uhud kunida Paygʻambar alayhissalomning farmonini bajarmaganingiz oqibatida yuz bergan magʻlubiyatdan keyin hech narsaga qaramasdan, Paygʻambar alayhissalomning ortinglardan: "Ey Allohning bandalari, mening yonimga kelinglar, mening yonimga kelinglar", degan gapiga ham quloq solmasdan, tumtaraqay qochdingiz. Natijada Alloh sizlarni jazolab, gʻam ustiga gʻam yubordi. Oldin gʻalaba va oʻljani qoʻldan boy berganingizga siqilgan, alam tortgan boʻlsangiz, keyinroq Paygʻambar alayhissalom oʻldirilgani haqidagi xabardan - musibatdan esankirab qoldingiz. Keyingi musibat oldingi gʻam-alamni unuttirish uchun boʻlgandi. Yani, Paygʻambar alayhissalomning oʻldirilgani haqidagi xabar yolgʻon boʻlib chiqqanidan keyin oldingi gʻalaba va oʻljaning qoʻldan boy berilgani koʻzga koʻrinmay qolgandi. Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir. Niyatingiz ham, amalingiz ham U Zotdan zarracha yashirin emas.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin