Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 15)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 15

قُلْ أَؤُنَبِّئُكُمْ بِخَيْرٍ مِنْ ذَٰلِكُمْ ۚ لِلَّذِينَ اتَّقَوْا عِنْدَ رَبِّهِمْ جَنَّاتٌ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا وَأَزْوَاجٌ مُطَهَّرَةٌ وَرِضْوَانٌ مِنَ اللَّهِ ۗ وَاللَّهُ بَصِيرٌ بِالْعِبَادِ 15 ١٥

Sen: «O`sha narsalaringizdan yaxshirog`ining xabarini beraymi?! Taqvo qilganlarga Robbilari huzurida ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar bor. Unda abadiy qolurlar. Pokiza juftlar va Alloh tomonidan rozilik bor. Va Alloh bandalarni ko`rib turuvchidir», deb ayt. (15)

Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, ayting: "Mana shu istak-xohishlardan koʻra yaxshiroq narsalar haqida xabar beraymi? Allohdan taqvo qilib, buyruqlarini bajaradigan, taqiqlaridan tiyiladigan zotlar uchun qasrlari va daraxtlari ostidan daryolar oqib turadigan bogʻlar bor. Bogʻlarda ular abadiy qoladilar, oʻlmaydilar, yakun topmaydilar. Ular uchun yana surati ham, siyrati ham pokiza juftlar hamda Allohning rizoligi ham borki, Alloh ularga hamma narsani halol qilib beradi, ularga hech qachon gʻazab qilmaydi. Alloh bandalarining ahvolini koʻrib-bilib turadi. Hech narsa U Zotdan yashirin qolmaydi. Yaqinda ularning amallariga yarasha jazo yoki mukofotlarini beradi".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin