Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 164)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 164

لَقَدْ مَنَّ اللَّهُ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ إِذْ بَعَثَ فِيهِمْ رَسُولًا مِنْ أَنْفُسِهِمْ يَتْلُو عَلَيْهِمْ آيَاتِهِ وَيُزَكِّيهِمْ وَيُعَلِّمُهُمُ الْكِتَابَ وَالْحِكْمَةَ وَإِنْ كَانُوا مِنْ قَبْلُ لَفِي ضَلَالٍ مُبِينٍ 164 ١٦٤

Batahqiq, Alloh mo`minlarga o`zlaridan Payg`ambar yuborib, ne'mat berdi. U ularga Allohning oyatlarini tilovat qilib beradir, ularni poklaydir, kitob va hikmatni o`rgatur. Garchi oldin ochiq-oydin adashuvda bo`lsalar ham. (164)

Tafsir
Alloh moʻminlarga yaxshilik qilib, nematini yogʻdirib, oʻzlarining orasidan bir paygʻambarni yubordi. Paygʻambarki, ularga Allohning kalomini oʻqib beradi, Quronu sunnatni oʻrgatadi, ularni shirk va razil xulqlardan tozalaydi. Ular shu paygʻambar yuborilishidan oldin rushdu hidoyatdan begona boʻlib, zalolat zulmatlarida adashib yurardilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin