Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 175)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 175

إِنَّمَا ذَٰلِكُمُ الشَّيْطَانُ يُخَوِّفُ أَوْلِيَاءَهُ فَلَا تَخَافُوهُمْ وَخَافُونِ إِنْ كُنْتُمْ مُؤْمِنِينَ 175 ١٧٥

Albatta, bunday bo`lishingiz shaytondandir, u o`z yaqinlaridan qo`rqitur. Bas, agar mo`min bo`lsangiz, ulardan qo`rqmanglar, mendan qo`rqinglar. (175)

Tafsir
Sizlarni qoʻrqitayotgan shaytondir. U oʻzining madadkorlari, yordamchilari bilan qoʻrqitadi. Sizlar esa ulardan qoʻrqmangiz. Negaki, ularda hech qanday kuch-qudrat yoʻq. Chin moʻmin boʻlsangiz, yolgʻiz Allohdan qoʻrqib, Unga itoat etingiz.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin