Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 179)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 179

مَا كَانَ اللَّهُ لِيَذَرَ الْمُؤْمِنِينَ عَلَىٰ مَا أَنْتُمْ عَلَيْهِ حَتَّىٰ يَمِيزَ الْخَبِيثَ مِنَ الطَّيِّبِ ۗ وَمَا كَانَ اللَّهُ لِيُطْلِعَكُمْ عَلَى الْغَيْبِ وَلَٰكِنَّ اللَّهَ يَجْتَبِي مِنْ رُسُلِهِ مَنْ يَشَاءُ ۖ فَآمِنُوا بِاللَّهِ وَرُسُلِهِ ۚ وَإِنْ تُؤْمِنُوا وَتَتَّقُوا فَلَكُمْ أَجْرٌ عَظِيمٌ 179 ١٧٩

Alloh mo`minlarni pokidan nopokini ajratmasdan, siz turgan holda, qo`yib qo`ymas. Alloh sizlarni g`aybdan xabardor qilib qo`ymas. Lekin Alloh O`z Payg`ambarlaridan kimni xohlasa, tanlab oladir. Bas, Allohga va Uning Payg`ambarlariga iymon keltiringlar. Agar iymon keltirsangiz va taqvo qilsangiz, sizlarga ulug` ajr bordir. (179)

Tafsir
Ey moʻminlar, chin moʻmin kim-u, munofiq kim ekani aniq bilinmasdan, turli vazifalaru sinovlar orqali pok moʻminni nopok munofiqdan ajratib olmasdan, sizlarni shu ahvolingizga tashlab qoʻyish Allohning hikmatidan emas. Sizlarni gʻaybdan xabardor qilib, moʻminni munofiqdan ajratib oladigan bilimdan xabardor qilish ham Allohning hikmatidan emas. Alloh Oʻzi istagan paygʻambarini tanlab olib, uni ayrim gʻayb ishlaridan xabardor qiladi. Chunonchi, Muhammad alayhissalomni munofiqlar ahvolidan xabar qilgandi. Shunday ekan, Alloh va Rasuliga chin dildan iymon keltiringlar. Haqiqiy moʻmin boʻlib, Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish bilan taqvo qilsangizlar, sizlar uchun Allohning huzurida buyuk savob bordir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin