Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 181)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 181

لَقَدْ سَمِعَ اللَّهُ قَوْلَ الَّذِينَ قَالُوا إِنَّ اللَّهَ فَقِيرٌ وَنَحْنُ أَغْنِيَاءُ ۘ سَنَكْتُبُ مَا قَالُوا وَقَتْلَهُمُ الْأَنْبِيَاءَ بِغَيْرِ حَقٍّ وَنَقُولُ ذُوقُوا عَذَابَ الْحَرِيقِ 181 ١٨١

Batahqiq, Alloh: «Albatta, Alloh kambag`al va biz boymiz», deganlarning gapini eshitdi. Aytganlarini va Payg`ambarlarni nohaq o`ldirganlarni yozib qo`yamiz va: «Kuydiruvchi azobni tatib ko`ring!» deymiz. (181)

Tafsir
Alloh yahudlarning: "Alloh bizdan qarz soʻrayaptimi, demak, u kambagʻal, biz esa boymiz", degan gaplarini eshitdi. Parvardigorlariga qilayotgan bu tuhmatu boʻhtonlarini ham, paygʻambbarlarini nohaq oʻldirganlarini ham albatta yozib qoʻyamiz va ularga: "Doʻzaxdagi yondiruvchi azobni tatinglar", deymiz.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin