Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 18)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 18

شَهِدَ اللَّهُ أَنَّهُ لَا إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ وَالْمَلَائِكَةُ وَأُولُو الْعِلْمِ قَائِمًا بِالْقِسْطِ ۚ لَا إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ 18 ١٨

Alloh adolat ila turib, albatta, Undan o`zga iloh yo`qligiga shohidlik berdi. Farishtalar va ilm egalari ham. Undan o`zga iloh yo`q. U aziyz va hakiym Zotdir. (18)

Tafsir
Alloh Oʻzining ilohligiga dalolat qiluvchi shariy va kavniy hujjatlar keltirish bilan yolgʻiz Oʻzi haqiqiy mabud ekaniga guvohlik berdi. Farishtalar ham shunga guvohlik berdilar. Tavhidni bayon qilish va unga davat etish bilan ahli ilm ham eng buyuuk guvohlikni berdilar. U Allohning yagonaligi va xalqiyu shariati borasida adolat bilan ish qilishidir. Undan oʻza iloh yoʻq. U azizdirki, hech kim, hech narsa Undan gʻolib emas. U yaratish, tadbir qilish va shariatlashtirishda har bir ishni hikmat bilan qiladigan Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin