Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 26)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 26

قُلِ اللَّهُمَّ مَالِكَ الْمُلْكِ تُؤْتِي الْمُلْكَ مَنْ تَشَاءُ وَتَنْزِعُ الْمُلْكَ مِمَّنْ تَشَاءُ وَتُعِزُّ مَنْ تَشَاءُ وَتُذِلُّ مَنْ تَشَاءُ ۖ بِيَدِكَ الْخَيْرُ ۖ إِنَّكَ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ 26 ٢٦

Sen: «Ey barcha mulkning egasi Robbim! Xohlagan kishingga mulk berursan va xohlagan kishingdan mulkni tortib olursan, xohlagan kishingni aziz qilursan, xohlagan kishingni xor qilursan. Barcha yaxshilik Sening qo`lingda. Albatta, Sen har bir narsaga qodirsan. (26)

Tafsir
Ey Muhammad alayhissalom, Parvardigoringizni ulugʻlab, Unga sano aytib, shunday deng: "Allohim, dunyoyu oxiratdagi hamma mulkning egasi Oʻzingsan. Mulkni istagan odamingga berasan, istagan odamingdan tortib olasan. Xohlagan odamingni aziz qilasan. Xohlagan odamingni xor qilasan. Har bir ishni Oʻz hikmating va adling ila qilasan. Hamma yaxshilik yolgʻiz Sening qoʻlingda va Sen har ishga, har narsaga Qodir Zotsan".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin