Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 45)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 45

إِذْ قَالَتِ الْمَلَائِكَةُ يَا مَرْيَمُ إِنَّ اللَّهَ يُبَشِّرُكِ بِكَلِمَةٍ مِنْهُ اسْمُهُ الْمَسِيحُ عِيسَى ابْنُ مَرْيَمَ وَجِيهًا فِي الدُّنْيَا وَالْآخِرَةِ وَمِنَ الْمُقَرَّبِينَ 45 ٤٥

Farishtalar: «Ey Maryam, albatta, Alloh senga O`zidan bo`lgan so`zning bashoratini bermoqda, uning ismi Masiyh Iyso ibn Maryam, bu dunyoyu oxiratda obro`li va yaqin bandalardandir. (45)

Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, eslang! Farishtalar shunday degandilar: "Ey Maryam, Alloh senga otasiz tugʻilajak bir bola haqida xushxabar bermoqda. U Allohning "boʻl" degan soʻzi bilan Allohning izni ila dunyoga keladi. Uning nomi Masih Iyso ibn Maryam boʻladi. Bu dunyoda ham, oxiratda ham martabasi juda ulugʻ boʻlib, Alloh taologa muqarrablar (Allohga yaqin bandalar) safidan joy oladi".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin