Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 50)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 50

وَمُصَدِّقًا لِمَا بَيْنَ يَدَيَّ مِنَ التَّوْرَاةِ وَلِأُحِلَّ لَكُمْ بَعْضَ الَّذِي حُرِّمَ عَلَيْكُمْ ۚ وَجِئْتُكُمْ بِآيَةٍ مِنْ رَبِّكُمْ فَاتَّقُوا اللَّهَ وَأَطِيعُونِ 50 ٥٠

Va o`zimdan avvalgi Tavrotni tasdiqlovchi bo`lib, sizga harom qilinganning ba'zisini halol qilish uchun keldim. Sizga Robbingizdan mo`'jiza bilan keldim. Allohga taqvo qiling va menga itoat eting. (50)

Tafsir
"Shuningdek, men sizlarga oʻzimdan oldingi Tavrotni tasdiqlab hamda sizlarga oson va qulay boʻlishi uchun oldin harom qilingan ayrim narsalarni halol qilish uchun keldim. Ayni paytda aytgan gaplarimning toʻgʻriligiga ochiq-ravshan hujjat ham keltirdim. Bas, Allohga buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish bilan taqvo qilinglar, men davat qilayotgan ishlarda menga itoat etinglar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin