Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 72)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 72

وَقَالَتْ طَائِفَةٌ مِنْ أَهْلِ الْكِتَابِ آمِنُوا بِالَّذِي أُنْزِلَ عَلَى الَّذِينَ آمَنُوا وَجْهَ النَّهَارِ وَاكْفُرُوا آخِرَهُ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ 72 ٧٢

Ahli kitoblardan bir toifalari: «Iymon keltirganlarga tushgan narsaga kunning avvalida iymon keltiringlar va kunning oxirida kufr keltiringlar, shoyadki, qaytsalar. (72)

Tafsir
Yahudlarning bir toʻda olimlari shunday dedilar: "Moʻminlarga nozil qilingan Quronga kunning avvalida yuzaki iymon keltirib, kunning oxirida yana qayta kufr keltiringlar, shoyadki, moʻminlar shu ishingizdan tasirlanib, bular Allohning kitobini bizdan koʻra yaxshiroq bilishadi, degan oʻy bilan dinlari haqida shubhalana boshlasalar va murtad boʻlsalar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin