Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 81)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 81

وَإِذْ أَخَذَ اللَّهُ مِيثَاقَ النَّبِيِّينَ لَمَا آتَيْتُكُمْ مِنْ كِتَابٍ وَحِكْمَةٍ ثُمَّ جَاءَكُمْ رَسُولٌ مُصَدِّقٌ لِمَا مَعَكُمْ لَتُؤْمِنُنَّ بِهِ وَلَتَنْصُرُنَّهُ ۚ قَالَ أَأَقْرَرْتُمْ وَأَخَذْتُمْ عَلَىٰ ذَٰلِكُمْ إِصْرِي ۖ قَالُوا أَقْرَرْنَا ۚ قَالَ فَاشْهَدُوا وَأَنَا مَعَكُمْ مِنَ الشَّاهِدِينَ 81 ٨١

Alloh Payg`ambarlardan: «Sizlarga kitob va hikmat berganim uchun ketingizdan sizlardagi narsani tasdiqlovchi Payg`ambar kelganda, albatta unga iymon keltirasiz va yordam berasiz, — deb ahdu paymonlarini olib turib: — Iqror bo`ldingizmi? Bu haqda ishonchli ahdu paymonimni qabul qildingizmi?» deganini esla. Ular: «Iqror bo`ldik», – deyishdi. U: «Bas, guvoh bo`linglar, men ham guvoh bo`luvchilardanman», – dedi. (81)

Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, eslang! Alloh paygʻambarlardan ahdu paymon olib, shunday degandi: "Sizlarga har qancha (muqaddas) Kitob nozil qilmay, har qancha ilmu hikmat oʻrgatmay, har qancha maqomu martabaga erishmangiz, sizlarga men tarafimdan bir paygʻambar - Muhammad alayhissalom sizlardagi Kitobu hikmatni tasdiqlab kelsa, u olib kelgan xabarga albatta iymon keltirasizlar, unga albatta madadkor boʻlasizlar, albatta unga ergashasizlar. Ey paygʻambarlar, shunga iqrormisizlar va ahdu paymon berasizlarmi?" Hammalari: "Ha, iqrormiz", deya javob berdilar. Shunda Alloh dedi: "Oʻzlaringizga va ummatlaringizga guvoh boʻlinglar, Men ham sizlar bilan birga sizlarga va ularga guvoh boʻlaman".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin