Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 83)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Allohning dinidan boshqani xohlaydilarmi?! Axir xohlasayu xohlamasa, osmonlaru yerdagi barcha jonzotlar Allohga bo`ysunib turibdi-ku!!! Hamda Unga qaytariladilarku!!! (83)
Tafsir
Oʻsha Allohning dinidan tongan va toatidan yuz oʻgirganlar Alloh bandalariga Oʻzi tanlab bergan dini - Islomdan boshqasini istaydilarmi? Holbuki, osmonlaru yerdagi hamma maxluqot xuddi moʻminlardek ixtiyoriy itoat bilanmi yoki kofirlardek majburligidanmi, Oʻsha Zotga boʻysunadilar-ku! Keyin Qiyomat kunida hisob berish va jazo yo mukofotini olish uchun Oʻsha Buyuk Zotga qaytadilar-ku!
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: