Sura Ar-Rum (Rumliklar — الروم) (Oyat 19)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




30 Ar-Rum(الروم), Oyat 19

يُخْرِجُ الْحَيَّ مِنَ الْمَيِّتِ وَيُخْرِجُ الْمَيِّتَ مِنَ الْحَيِّ وَيُحْيِي الْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا ۚ وَكَذَٰلِكَ تُخْرَجُونَ 19 ١٩

U o`likdan tirikni chiqarur va tirikdan o`likni chiqarur va yerni o`limidan keyin tiriltirur. Shunga o`xshash, siz ham chiqarilursiz. (19)

Tafsir
Oʻlikdan tirikni chiqaradi. Masalan, insonni bir qatra suvdan yaratadi, joʻjani tuxumdan chiqaradi. Tirikdan esa oʻlikni chiqaradi. Oʻsha bir tomchi suvni insondan chiqaradi, tuxumni esa tovuqdan. Qurib, qovjirab qolgan yerga yomgʻirlar yogʻdirib, oʻsimliklar oʻstirib uni tiriltiradi. Sizlar ham qabrlaringizdan hisob berish va jazo yoki mukofotingizni olish uchun xuddi mana shunday chiqarilasizlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin