Sura Ar-Rum (Rumliklar — الروم) (Oyat 23)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




30 Ar-Rum(الروم), Oyat 23

وَمِنْ آيَاتِهِ مَنَامُكُمْ بِاللَّيْلِ وَالنَّهَارِ وَابْتِغَاؤُكُمْ مِنْ فَضْلِهِ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَآيَاتٍ لِقَوْمٍ يَسْمَعُونَ 23 ٢٣

Va Uning oyat-belgilaridan kechasi va kunduzi uxlashingiz hamda Uning fazlidan talab qilishingizdir. Albatta, bunda eshitadigan qavm uchun oyat-belgilar bordir. (23)

Tafsir
Uning qudrati va yagonaligiga dalolat qiladigan buyuk oyatlaridan yana biri charchagan paytingizda kechasi boʻlsin, kunduzi boʻlsin, uxlab orom olishingiz hamda Parvardigoringizdan rizq berishini umid qilib ishlashingizdir. Albatta, bu ishda quloq soladigan qavm uchun dalil, hujjatlar bordir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin