Sura Ar-Rum (Rumliklar — الروم) (Oyat 29)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




30 Ar-Rum(الروم), Oyat 29

بَلِ اتَّبَعَ الَّذِينَ ظَلَمُوا أَهْوَاءَهُمْ بِغَيْرِ عِلْمٍ ۖ فَمَنْ يَهْدِي مَنْ أَضَلَّ اللَّهُ ۖ وَمَا لَهُمْ مِنْ نَاصِرِينَ 29 ٢٩

Yo`q!!! Zulm qilganlar ilmsiz ravishda havoyi nafslariga ergashdilar, xolos. Alloh zalolatga solgan kimsani kim hidoyatga sola olardi?! Va ularga nusrat berguvchilar bo`lmas. (29)

Tafsir
Ularning zalolatga ketganlariga sabab dalillarning yetishmasligi yoki bayon qilinmagani emas, balki Allohning haqini bilmay, havoyi nafslariga ergashganlari va ota-bobolariga koʻr-koʻrona taqlid qilganlaridir. Alloh adashtirib qoʻyganni kim ham yoʻlga sola olardi? Hech kim. Ularni Allohning azobidan qutqarib qoladigan biron madadkor topilmas.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin