Sura Ar-Rum (Rumliklar — الروم) (Oyat 48)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




30 Ar-Rum(الروم), Oyat 48

اللَّهُ الَّذِي يُرْسِلُ الرِّيَاحَ فَتُثِيرُ سَحَابًا فَيَبْسُطُهُ فِي السَّمَاءِ كَيْفَ يَشَاءُ وَيَجْعَلُهُ كِسَفًا فَتَرَى الْوَدْقَ يَخْرُجُ مِنْ خِلَالِهِ ۖ فَإِذَا أَصَابَ بِهِ مَنْ يَشَاءُ مِنْ عِبَادِهِ إِذَا هُمْ يَسْتَبْشِرُونَ 48 ٤٨

Alloh shunday zotki, shamollarni yuborib, ular ila bulutni qo`zg`atar va u(bulut)ni osmonda O`zi xohlaganicha yoyar va bo`lak-bo`lak qilar, bas, uning orasidan yomg`ir chiqayotganini ko`rasan. Qachon u(yomg`ir)ni O`z bandalaridan xohlagan kimsalarga yetkazsa, ular darhol shod bo`lurlar. (48)

Tafsir
Alloh shunday zotki, shamollarni yuborib, ular bilan bulutni qoʻzgʻatadi va uni samoda Oʻzi istaganicha koʻp yoki oz qilib yoyadi va boʻlak-boʻlak qiladi, bas, uning orasidan yomgʻir chiqayotganini koʻrasiz. Yomgʻir Allohning rahmati ila qaysi bir bandalarga yetib borsa, ularning oʻzlariga va hayvonlariga kerakli boʻlgan oʻsimliklar unib chiqadi va ular bundan shod-xurram boʻladilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin