Sura Ar-Rum (Rumliklar — الروم) (Oyat 9)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




30 Ar-Rum(الروم), Oyat 9

أَوَلَمْ يَسِيرُوا فِي الْأَرْضِ فَيَنْظُرُوا كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ ۚ كَانُوا أَشَدَّ مِنْهُمْ قُوَّةً وَأَثَارُوا الْأَرْضَ وَعَمَرُوهَا أَكْثَرَ مِمَّا عَمَرُوهَا وَجَاءَتْهُمْ رُسُلُهُمْ بِالْبَيِّنَاتِ ۖ فَمَا كَانَ اللَّهُ لِيَظْلِمَهُمْ وَلَٰكِنْ كَانُوا أَنْفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ 9 ٩

Yer yuzida yurib, o`zlaridan oldingilarning oqibati qanday bo`lganiga nazar solmaslarmi?! Ularning bulardan quvvatlari ko`proq edi va yerga ishlov berib, uni bular obod qilgandan ko`ra ko`proq obod qilgan edilar. Va ularga Payg`ambarlari ochiq-oydin(oyat)lar bilan keldilar. Alloh ularga zulm qilmas edi, lekin ular o`zlariga zulm qilardilar. (9)

Tafsir
Anavilar yer yuzini kezib, oʻzlaridan oldingi haqni tan olmaganlarning oqibati qanday boʻlganiga nazar solmaydilarmi?! Ular bulardan koʻra kuchliroq edilar. Yerga ishlov berib, uni bular obod qilganidan koʻra koʻproq obod qilgandilar. Ularga paygʻambarlari Allohning birligini isbotlovchi hujjatlar keltirgandi. Alloh ularni halok qilganida ularga zulm qilmagan edi, lekin ular kufr keltirib, oʻzlariga oʻzlari zulm qilgandilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin