Sura Luqman (Luqmon — لقمان) (Oyat 14)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




31 Luqman(لقمان), Oyat 14

وَوَصَّيْنَا الْإِنْسَانَ بِوَالِدَيْهِ حَمَلَتْهُ أُمُّهُ وَهْنًا عَلَىٰ وَهْنٍ وَفِصَالُهُ فِي عَامَيْنِ أَنِ اشْكُرْ لِي وَلِوَالِدَيْكَ إِلَيَّ الْمَصِيرُ 14 ١٤

Biz insonga ota-onasi haqida tavsiya qildik: onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan ko`tardi. (14)

Tafsir
Insonga ota-onasiga yaxshilik qilishni, Allohning amriga zid boʻlmagan ishlarda itoat etishni buyurdik. Onasi unga homilador boʻldi. Homila katta boʻlgani sari oʻzining ham holi qurib, zaiflashgandan zaiflashib bordi. Bola tugʻilganidan keyin esa uni koʻkrakdan chiqarishi ikki yilda boʻldi. Unga shunday dedik: "Alloh bergan nematlarga shukr qil, undan keyin esa talim-tarbiya berganlari uchun ota-onangdan minnatdor boʻl. Qaytar joying yolgʻiz Mengadir. Oʻshanda qilgan amalingga qarab, jazo yoki mukofotingni berurman".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin