Sura Luqman (Luqmon — لقمان) (Oyat 23)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




31 Luqman(لقمان), Oyat 23

وَمَنْ كَفَرَ فَلَا يَحْزُنْكَ كُفْرُهُ ۚ إِلَيْنَا مَرْجِعُهُمْ فَنُنَبِّئُهُمْ بِمَا عَمِلُوا ۚ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ بِذَاتِ الصُّدُورِ 23 ٢٣

Kim kufr keltirsa, uning kufri seni xafa qilmasin. Qaytishlari faqat Bizgadir. Bas, Biz ularga nima amal qilganlari xabarini berurmiz. Albatta, Alloh qalblardagi narsalarni o`ta bilguvchidir. (23)

Tafsir
Ey Paygʻambar, kim Allohga kufr keltirsa, uning kufri sizni xafa qilmasin. Qiyomat kuni hammalari yolgʻiz Bizga qaytajaklar. Oʻshanda bu dunyoda qilib oʻtgan yomon ishlari haqida xabar beramiz va ularni jazolaymiz. Alloh dillardagi sirlardan ham voqifdir. Biron narsa U Zotdan yashirin qola olmas.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin