Sura Luqman (Luqmon — لقمان) (Oyat 27)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




31 Luqman(لقمان), Oyat 27

وَلَوْ أَنَّمَا فِي الْأَرْضِ مِنْ شَجَرَةٍ أَقْلَامٌ وَالْبَحْرُ يَمُدُّهُ مِنْ بَعْدِهِ سَبْعَةُ أَبْحُرٍ مَا نَفِدَتْ كَلِمَاتُ اللَّهِ ۗ إِنَّ اللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌ 27 ٢٧

Agar yer yuzidagi daraxtning barchasi qalamlar bo`lib, dengiz — uning ortida yetti dengiz madad berib turib — (siyoh) bo`lsa ham, Allohning kalimalari bitmas. Albatta, Alloh Aziyz va Hakiymdir. (27)

Tafsir
Yer yuzidagi hamma daraxtlar yoʻnilib, qalam qilinsa, dengizlar esa siyoh boʻlsa, yana yetti dengiz yordamga kelsa ham Allohning kalimalari tugamaydi. Zero, Allohning kalomi chek-chegara, nihoya bilmas. Alloh Azizdirki, hech kim U Zotdan gʻolib boʻla olmas. U har bir yaratishini, tadbirini hikmat bilan qiladigan Hakim Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin