Sura Luqman (Luqmon — لقمان) (Oyat 29)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




31 Luqman(لقمان), Oyat 29

أَلَمْ تَرَ أَنَّ اللَّهَ يُولِجُ اللَّيْلَ فِي النَّهَارِ وَيُولِجُ النَّهَارَ فِي اللَّيْلِ وَسَخَّرَ الشَّمْسَ وَالْقَمَرَ كُلٌّ يَجْرِي إِلَىٰ أَجَلٍ مُسَمًّى وَأَنَّ اللَّهَ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ 29 ٢٩

Alloh kechani kunduzga kiritishini va kunduzni kechaga kiritishini, quyosh va oyni beminnat xizmatkor qilib qo`yganini, ularning har biri belgilangan muddat tomon yurishini va, albatta, Alloh nima amal qilayotganingizdan xabardor ekanini ko`rmadingmi?! (29)

Tafsir
Koʻrmadingizmiki, Alloh kechani qisqartirib, kunduzni uzaytiradi, kunduzni qisqartirib, kechani uzaytiradi. Quyosh va oyni ham oʻz yoʻlidan yuradigan qilib qoʻygan. Ular belgilab qoʻyilgan muddatga qadar oʻz oʻqi atrofida yuradilar. Alloh qilib yurgan ishlaringizdan Xabardor. Biron ishingiz U Zotdan yashirin emas. Yaqinda amallaringizga yarasha jazo yoki mukofotingizni beradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin