Sura Luqman (Luqmon — لقمان) (Oyat 5)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




31 Luqman(لقمان), Oyat 5

أُولَٰئِكَ عَلَىٰ هُدًى مِنْ رَبِّهِمْ ۖ وَأُولَٰئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ 5 ٥

Ana o`shalar Robbilaridan bo`lgan hidoyatdadirlar. Ana o`shalar o`zlari najot topguvchilardir. (5)

Tafsir
Mana shu tavsiflarga ega boʻlgan kishilar Parvardigorlari tarafidan hidoyatga erishgan zotlardir. Orzulari ushalib, xavf-xatardan najot topib, murod-maqsadlariga yetganlar ham ana oʻshalardir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin