Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Alloh osmonlaru Yerni va ular orasidagi narsalarni olti kunda yaratib, so`ngra (Zoti va ulug`ligiga munosib suratda) Arshga yuksalgan Zotdir. Siz uchun undan o`zga do`st ham, shafoatchi ham yo`qdir. Axir, eslamaysizlarmi?! (4)
Tafsir
Alloh shunday Zotki, osmonlaru yerni va ular orasidagi narsalarni olti kunda yaratdi. Aslida ularni bir koʻz yumib ochguncha yaratib qoʻyishga ham Qodir. Keyin Oʻzining ulugʻligiga loyiq boʻlgan bir tarzda Arshga koʻtarildi. Ey odamlar, sizlar uchun Undan oʻzga sizlarni boshqaradigan biron boshqaruvchi ham, sizlarni jazodan qutqarib oladigan biron shafoatchi ham yoʻqdir. Shunday ekan, aqlingizni ishlatib, sizlarni yaratgan Alohgagina bandalik qilib, undan boshqasini tark qilsangizlar boʻlmaydimi?
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: