Sura Al-Ahzab (Ahzoblar — الأحزاب) (Oyat 25)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




33 Al-Ahzab(الأحزاب), Oyat 25

وَرَدَّ اللَّهُ الَّذِينَ كَفَرُوا بِغَيْظِهِمْ لَمْ يَنَالُوا خَيْرًا ۚ وَكَفَى اللَّهُ الْمُؤْمِنِينَ الْقِتَالَ ۚ وَكَانَ اللَّهُ قَوِيًّا عَزِيزًا 25 ٢٥

Va Alloh kufr keltirganlarni g`azablari ila ortlariga qaytardi. Ular hech bir yaxshilikka erisha olmadilar. Mo`minlar uchun urushda Allohning O`zi kifoya qildi. Va Alloh kuchli va aziyz Zotdir. (25)

Tafsir
Alloh Quraysh va Gʻatafonni murodiga yetkazmadi. Moʻminlarni qirib tashlash haqidagi rejalari amalga oshmasdan, sharmandalarcha ortga chekindilar. Moʻminlarga Allohning Oʻzi yetarli madadkor boʻlib, gʻanim ustiga shamolni va farishtalardan iborat qoʻshinni yubordi. Alloh Qudratli, Azizdirki, hech kim U Zotdan gʻolib boʻla olmas.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin