Sura Al-Ahzab (Ahzoblar — الأحزاب) (Oyat 51)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




33 Al-Ahzab(الأحزاب), Oyat 51

تُرْجِي مَنْ تَشَاءُ مِنْهُنَّ وَتُؤْوِي إِلَيْكَ مَنْ تَشَاءُ ۖ وَمَنِ ابْتَغَيْتَ مِمَّنْ عَزَلْتَ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْكَ ۚ ذَٰلِكَ أَدْنَىٰ أَنْ تَقَرَّ أَعْيُنُهُنَّ وَلَا يَحْزَنَّ وَيَرْضَيْنَ بِمَا آتَيْتَهُنَّ كُلُّهُنَّ ۚ وَاللَّهُ يَعْلَمُ مَا فِي قُلُوبِكُمْ ۚ وَكَانَ اللَّهُ عَلِيمًا حَلِيمًا 51 ٥١

Ulardan xohlaganingni nari qo`yib, xohlaganingni o`zingga olursan. O`zing chetlatganlardan birortasini istasang, senga gunoh bo`lmas. Shunday bo`lishi ularning ko`zlari quvonchga to`lishi, xafa bo`lmasliklari va hammalarining sen ularga bergan narsadan rozi bo`lishlariga yaqinroqdir. Alloh qalblaringizdagi narsani biladir va Alloh o`ta bilguvchi va o`ta haliym Zotdir. (51)

Tafsir
Ey Paygʻambar, siz ulardan oʻzingiz xohlaganingizni chetlatib, birga boʻlmasligingiz, xohlaganingizni oʻzingizga olib, hamxona boʻlishingiz mumkin. Oʻzingiz chetlatgan ayollaringizdan birontasini istasangiz, sizga gunoh boʻlmas. Sizga berilgan bu ixtiyor va kenglik ularning koʻzlari quvonishiga, gʻam chekmasliklariga va siz ularga bergan narsaga barchalari rozi boʻlishlariga yaqinroqdir. Ey erkaklar, Alloh ayrim ayollarni qoʻyib, boshqa ayrim ayollarga moyil boʻlayotganingizni yaxshi biladi. U Zot bandalarining hamma ishlaridan voqif. Biron narsa U Zotdan yashirin qola olmas. U Halim Zotdir. Shoyad, tavba qilib qolsalar, deya jazoni tezlashtirmaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin