Sura Ahzob (Ahzoblar — الأحزاب) (Oyat 55)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




33 Ahzob(الأحزاب), Oyat 55

لَا جُنَاحَ عَلَيْهِنَّ فِي آبَائِهِنَّ وَلَا أَبْنَائِهِنَّ وَلَا إِخْوَانِهِنَّ وَلَا أَبْنَاءِ إِخْوَانِهِنَّ وَلَا أَبْنَاءِ أَخَوَاتِهِنَّ وَلَا نِسَائِهِنَّ وَلَا مَا مَلَكَتْ أَيْمَانُهُنَّ ۗ وَاتَّقِينَ اللَّهَ ۚ إِنَّ اللَّهَ كَانَ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ شَهِيدًا 55 ٥٥

Ularga o`z otalari, o`g`illari, aka-ukalari, aka-ukalarining o`g`illari, opa-singillarning o`g`illari, o`z ayollari va qo`llari ostida mulk bo`lgan(qul)lari haqida gunoh yo`qdir. (Ey, Payg`ambar ayollari,) Allohga taqvo qilinglar. Albatta, Alloh har bir narsaga shohid Zotdir. (55)

Tafsir
Oʻz otalari, oʻgʻillari, tugʻishgan yoki emikdosh aka-ukalari, aka-ukalarining oʻgʻillari va opa-singillarning oʻgʻillari bilan hijobsiz koʻrishib gaplashsalar, ularga gunoh boʻlmas. Moʻmina ayollar va qoʻllari ostidagi qullari bilan hijobsiz koʻrishib gaplashsalar ham boʻlaveradi. Ey moʻminalar, Allohdan taqvo qilib, buyruqlarini bajaringlar, taqiqlaridan tiyilinglar. U sizlardan sodir boʻlayotgan har bir ishni koʻrib, guvohi boʻlib turibdi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin