Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Nabiy mo`minlar uchun o`zlaridan ko`ra haqlidir. Uning ayollari esa, ularning onalaridir. Allohning Kitobida qarindoshlar bir-birlariga boshqa mo`minlardan va muhojirlardan haqlidirlar. Faqat, do`stlaringizga yaxshilik qilmog`ingiz mustasnodir. Bu, Kitobda satrlar ila bitilmish. (6)
Tafsir
Paygʻambar Muhammada alayhissalom moʻminlarga kimning nomi bilan chaqirish bobida ularning oʻzlaridan ham haqliroqdir. Garchi ularning dillari boshqasiga moyil boʻlsa-da. U zotning ayollari esa hamma moʻminlarga onalar maqomidadir. Paygʻambar alayhissalom vafotidan keyin u kishining ayoliga uylanish harom. Meros masalasida moʻminlar muhojirlardan koʻra qarindoshlar bir-birlariga haqliroqdirlar. Allohning hukmi shunday. Islomning boshlanishida qarindosh boʻlmaganlar ham oʻzaro bir-birlaridan meros olganlar. Keyin bu hukm bekor qilingan. Lekin, ey moʻminlar, oʻz doʻstlaringizga biron ehson yoki vasiyat orqali yaxshilik qilsangizlar boʻlaveradi. Bu hukm Lavhul-Mahfuzda bitib qoʻyilgandir. Unga amal qilish vojib.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: