Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ey, iymon keltirganlar! Allohning sizga bergan ne'matini eslang. O`shanda ustingizga lashkarlar kelgan edi. Bas, Biz ularning ustiga shamolni va siz ko`rmagan lashkarlarni yubordik. Alloh nima qilayotganingizni yaxshi ko`rib turguvchi edi. (9)
Tafsir
Ey iymon keltirgan va shariatga amal qilgan zotlar, Alloh sizlarga ato etgan nematni eslanglar. Kofirlar qoʻshini sizlarni qirib tashlash uchun shaharga bostirib kirgan hamda munofiqlar va yahudiylar ularni qoʻllab-quvvatlagan paytda Biz ularga bir shamol yubordik. Shu bilan Paygʻambar alayhissalom gʻolib boʻldi. Ularga qarshi farishtalardan ham bir askar yubordik. Sizlar ularni koʻrmadingizlar. Shundan soʻng kofirlar hech ish qila olmay, ortga chekindilar. Alloh qilayotgan ishlaringizni koʻrib turguvchidir. Biron narsa U Zotdan yashirin qola olmas. Yaqinda amallaringizga yarasha jazo yoki mukofotingizni berur.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: